Kiyevda amerikalik ko‘ngillining dafn marosimi va Baxmut atrofidagi jangchilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 436-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Mediazona» BBC rus xizmati va ko‘ngillilar jamoasi bilan hamkorlikda olib boradigan loyiha doirasida Ukrainada halok bo‘lgan 22 mingdan ortiq rossiyaliklarning shaxsi tasdiqlandi. So‘nggi to‘rt haftada ro‘yxatga 2,3 mingdan ortiq kishi qo‘shilgan.
- Sergey Shoygu o‘q-dori ta’minotini «alohida nazorat ostida» saqlashni buyurdi — bu «Vagner» XHK asoschisi Prigojin muammo yuzasidan videomurojaat qilib, uni qattiq so‘kib haqoratlashi ortidan ro‘y berdi.
- Zaporijjya oblastining anneksiya qilingan qismi hukumati harbiy harakatlar hududiga yaqin joylashgan 18 ta aholi yashash punkti, jumladan Energodarda ham aholi qisman evakuatsiya qilinishi haqida e’lon qildi.
- Prigojin «Vagner» XHK Baxmutni 9 maydan keyin tark etishini ma’lum qildi — bunga «snaryad taqchilligi» sabab qilib keltirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, guruh 10 may kuni shahardagi pozitsiyalarini RF mudofaa vazirligi qismlariga topshiradi va xususiy harbiy kompaniya jangchilarining qolgan-qutgan qismi ichkari hududdagi lagerga olib ketiladi.
- Peskov Kremlda Putinning 9 maydagi an’anaviy qabuli bekor qilinganini ma’lum qildi.
- Kubandagi Ilskiy neftni qayta ishlash zavodiga qatorasiga ikkinchi kun dron orqali zarba berildi.
Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut yaqinidagi dala hospitali
Zaporijjya o‘qqa tutilishi oqibatlari
Ukraina QK bosh shtabi 5 may tongidagi svodkasida xabar berishicha, Rossiya jumaga o‘tar kechasi Ukraina hududi bo‘ylab «Shahed» dronlari bilan yoppasiga zarbalar yo‘llagan (24 tadan 18 tasi urib tushirilgan). Rossiya kuchlari Kramatorsk va Zaporijjya bo‘ylab 10 ta raketa zarbasi ham bergan. Zaporijjya shahri Ukraina nazoratida qolmoqda. Zaporijjya oblastining anneksiya qilingan qismiga Rossiya tomonidan tayinlangan «hukumat» esa front chizig‘i atrofida joylashgan 18 ta aholi yashash manzillari, jumladan, Energodar va Tokmak shaharlari aholisi ham janubroqdagi hududlarga «ko‘chirilishi» haqida e’lon qildi.
Kiyevdagi kundalik hayot
Mavzuga oid
20:12
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024