O‘zbekiston | 10:44 / 06.05.2023
7208
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda klaster siyosati konsepsiyasi ishlab chiqildi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida “Klaster” va “Klaster siyosati”ning yagona konsepsiyasi to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyiha bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi konsepsiyani tasdiqlash rejalashtirilmoqda:

  • klasterni institutsional rivojlanishiga ko‘maklashish;
  • klasterni rivojlantirishni strategik rejalashtirish;
  • korxonalar o‘rtasida raqobat va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish;
  • klasterlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, shu jumladan soliq imtiyozlarini taqdim etish va ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish.

Konsepsiyada klaster siyosatini maqsadi, vazifalari, funksiyalari va prinsiplari, klasterlar rivojlantirishda muammolar, xorijiy mamlakatlarning ushbu yo‘nalishdagi ijobiy tajribasi va kutilayotgan natijalar aks ettirilgan.

Mavzuga oid