Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada kremlparast yozuvchi Zaxar Prilepin avtomobili portlashi oqibatida jarohat oldi
Zaxar Prilepin bo‘lgan mashina Nijniy Novgorod yaqinidagi Pionerskoye qishlog‘i yonida portlab ketgan. Portlash natijasida Prilepin jarohat oldi, uning haydovchisi vafot etdi.
Nijniy Novgorod yaqinidagi Pionerskoye qishlog‘i yonida kremlparast yozuvchi Zaxar Prilepinning Audi Q7 avtomobili portlab ketdi, deb xabar bermoqda 6 may, shanba kuni Telegram’dagi bir qancha rus tilidagi kanallar, jumladan, «112» va Mash. Portlash natijasida Prilepin yaralandi, uning haydovchisi halok bo‘ldi, deb xabar qildi RIA «Novosti».
Ayni paytda yozuvchining matbuot xizmati u bilan «hammasi joyida»ligini aytdi. «Nima sodir bo‘lganligi hozircha aniqlanmagan. Zaxar Prilepin yaxshi», - deya Prilepin matbuot kotibining so‘zlaridan iqtibos keltirgan TASS axborot agentligi. «Nijniy Novgorodda yozuvchi Zaxar Prilepinning mashinasi portlatilgan. U omon qolgan, ammo yaralangan, hushi joyida», - deya favqulodda xizmatlardagi suhbatdoshidan iqtibos keltirgan agentlik. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil tagiga portlovchi moslama o‘rnatilgan.
Avvalroq «VChK-OGPU» Telegram-kanali yozuvchi jiddiy jarohat olgani haqida xabar bergan edi.
RBK gazetasi manbasiga ko‘ra, Prilepin Donbassga tashrifidan so‘ng Moskvaga qaytayotgan bo‘lgan. U chegara hududidagi nazorat-o‘tkazish punktini kesib o‘tgan. Yo‘lda Prilepin Nijniy Novgorod viloyatida ovqatlanish uchun to‘xtab o‘tgan. Nashrning ta’kidlashicha, u mashinaga qaytib kelganidan keyin portlash sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Nijniy Novgorodda Zaxar Prilepin mashinasi portlagandan so‘ng, hozirda nazorat-o‘tkazish punktlari o‘rnatilmoqda.
Baza Telegram-kanali xabariga ko‘ra, Prilepinning qizi portlashdan bir necha daqiqa oldin mashinadan tushgan. Portlash vaqtida u mashinadan yuz metr narida bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025