Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston - dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi» - Shavkat Mirziyoyev
Prezident mamlakatda millatlar va konfessiyalar o‘rtasida totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash siyosati izchil davom ettirilishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda har qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvda aytib o‘tdi.
«O‘zbekiston – dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Xalqimizning referendum orqali bildirgan xohish-irodasi, qat’iy tanlovi ham shu!» - dedi prezident.
Bundan buyon ham millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar har bir fuqaroning vijdon erkinligi ta’minlanishi; barcha diniy konfessiyalar erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi; mamlakatimizda millatlar va konfessiyalar o‘rtasida totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash siyosati izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Jamiyatda har qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon yo‘l qo‘yilmasligi qayd etildi.
«Men prezident sifatida ish boshlagan birinchi kundanoq “Biz xalqimizga xizmat qilgani kelganmiz”, “Biz xalqni rozi qilishimiz kerak» degan gaplarni doim takrorlayman.
Islohotlarni boshlagan paytda o‘zimiz tasavvur ham qilmagan juda ko‘p muammo va sinovlarga duch keldik. Ularga el-yurtimiz bilan birgalikda yechim topib, har bir masalani joyida hal qilib borayapmiz.
Chunki, yangilangan Konstitutsiyamizning ma’no-mazmuni, bosh maqsadi ham xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir.
Bu maqsad yo‘lida qanchalik og‘ir bo‘lmasin, zarur mablag‘larni, kerak bo‘lsa, ortiqchasi bilan topib, barcha imkoniyatlarni ishga solyapmiz.
Xalqimizning o‘zi – eng adolatli hakam. Men aminman, bugun yurtimizdagi har bir inson “hayotimda ijobiy o‘zgarish bo‘lmoqda”, deb ayta oladi», dedi prezident.
Mavzuga oid
10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi
21:28 / 22.03.2025
Germaniyada armiyani moliyalashtirish uchun Konstitutsiya o‘zgartirildi
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024