Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrning gepatitga qarshi dorilari ikkinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi
Joriy yilning 6 may kuni Misr hukumati tomonidan O‘zbekiston shifoxonalarida foydalanish uchun insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan, dunyoda keng tarqalgan kasalliklardan biri – S gepatitiga qarshi dori vositasining ikkinchi partiyasi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Mazkur aksiyani O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatning Qohiradagi elchixonasi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tashkil etgan.
Umumiy qiymati 62 ming AQSh dollarini tashkil etgan 7,7 mingdan ortiq dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
Misr sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi dori vositalarini bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025