Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya tomonidan sanksiyalarni chetlab o‘tishning oldi olinishi mexanizmi tasvirlandi
Yevrokomissiya sanksiya ostidagi tovarlarning Rossiyaga yetkazilayotganini aniqlasa, ularning eksportiga taqiq qo‘yishi mumkin.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen 9 may kuni Kiyevga tashrifi chog‘ida Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari 11-paketi mohiyati haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap uchta element haqida ketyapti. Bu, birinchi navbatda, uchinchi davlatlar orqali Rossiyaga jo‘natilayotgan sanksiya ostidagi tovarlar ro‘yxatini kengaytirish, so‘ngra uchinchi davlatlar tomonidan sanksiyalarni chetlab o‘tish imkoniyatini oldini oladigan yangi mexanizmlarni yaratish, shuningdek, Rossiya va boshqa davlatlar tomonidan sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalaniladigan xufyona tizimlarga barham berish.
Fon der Lyayyenning ta’kidlashicha, agar Yevropa Komissiyasi «Yevropa tovarlari uchinchi mamlakatlarga eksport qilinganidan keyin Rossiyaga yetkazilayotganini ko‘rsa, a’zo mamlakatlarga ushbu tovarlar eksportiga qarshi sanksiyalar qo‘llashni taklif qilishi mumkin». U, shuningdek, «juda g‘ayrioddiy savdo oqimlari» ko‘payganini ham qayd qildi.
Yevrokomissiya rahbari yangi cheklov choralari hali ko‘rib chiqilayotganini va ularni joriy etish xavf tahlilini hisobga olgan holda o‘ta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishini aytdi. Buning uchun ular Yevropa Ittifoqining barcha a’zolari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Yevropa Ittifoqi 25 fevral kuni Rossiyaga qarshi 10-sanksiya paketini qabul qildi. Unga 120 dan ortiq jismoniy shaxs va tashkilot qo‘shilgan, eksport va importga yangi cheklovlar joriy etilgan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025