Ukraina bo‘ylab navbatdagi zarbalar va Kiyevda xotira devori. Urush suratlari
Ukrainada urushning 439-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya 8 mayga o‘tar kechasi Ukraina bo‘ylab zarbalar yo‘lladi. Kiyevda dron parchalari ko‘p qavatli uyga tushgan, tinch aholi vakillaridan besh kishi jabrlangan. Odessa yaqinida raketa zarbasi oqibatida Qizil Xoch insonparvarlik yordamlari saqlanayotgan omborxona yonib ketgan, qo‘riqchi halok bo‘lgan. Rossiya tomoni bu hujumlar yuzasidan izoh bermadi.
- Yevroittifoq Rossiyaga harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan uskunalar yetkazib berilgani uchun Xitoyga qarshi sanksiyalar qo‘llashni taklif qildi. Xitoy YeIni «xatoga yo‘l qo‘ymaslik»ka chaqirdi.
- Volodimir Zelenskiy Xotira va natsizm ustidan g‘alaba kunini 8 mayda nishonlashni taklif etdi. Bundan tashqari, prezident imzolagan farmonga ko‘ra, 9 may Ukrainada Yevropa kuni bo‘ladi — Yevroittifoq mamlakatlarida xalqaro tinchlik va birdamlik bayrami.
- Belgorod oblastida Shebekino va Valuyki shaharlari, shuningdek Kaznacheyevka va Biryuch qishloqlari o‘qqa tutildi. Shebekinoda tinch aholi vakillaridan besh kishi jabrlangan. Mahalliy rasmiylar bu hujumda Ukraina qurolli kuchlarini ayblagan. Ukraina bu ma’lumot yuzasidan munosabat bildirmadi.
Kunning asosiy voqeasi. Ukraina bo‘ylab zarbalar
8 mayga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina QK havo kuchlari qo‘mondonligi xabar berishicha, 35 ta Shahed rusumli dronlar Bryansk oblastidagi Seshcha aerodromidan uchib kelgan — ularning barchasi urib tushirilgan. Kiyev meri Vitaliy Klichko dronlar soni 60 ta bo‘lgani va ularning 36 tasi poytaxt tomon harakatlangani haqida xabar berdi. Uchuvchisiz uchar qurilmalar havo hujumidan mudofaa tizimlari yordamida yo‘q qilingan.
Kiyevda, mahalliy rasmiylarga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan besh kishi jarohat olgan, avtomobillar va shahar g‘arbidagi Svyatoshinskiy rayonidagi turar joylar shikastlangan.
Bundan tashqari, 7 may kuni kechqurun RF armiyasi Odessa oblasti bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Qora dengiz sohilidagi oziq-ovqat korxonalaridan birining ombori va dam olish zonasi o‘qqa tutildi. Omborxonada chiqqan yong‘in oqibatida, Odessa rayon harbiy ma’muriyati 8 may kuni bergan ma’lumotga ko‘ra, omborxona qo‘riqchisi halok bo‘lib, tinch aholi vakillaridan uch kishi jabrlangan.
Keyinroq ma’lum bo‘ldiki, raketa zarbasi oqibatida Qizil Xochning Odessa yaqinidagi Ukraina bo‘limi omborxonasi to‘liq vayron bo‘lgan. Yong‘in bu yerda saqlangan insonparvarlik yordamlarini to‘la yakson etgan, natijada Qizil Xoch regiondagi faoliyatini to‘xtatgan.
Zaporijjya oblastining anneksiya qilingan qismiga Rossiya tomonidan tayinlangan hukumat vakillaridan biri Vladimir Rogov esa bu yerda Ukraina QK omborlariga zarba berilganini aytib chiqdi. RF mudofaa vazirligi o‘z hisobotida Kiyevga dronlar hujumi haqida ham, Odessa oblastiga yo‘llangan zarbalar haqida ham eslab o‘tmagan.
Maryinka yaqinidagi ukrain artilleriyachilari
Maryinka Donetskdan taxminan 20 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. Anneksiya qilingan «DXR»ning Kreml tomonidan tayinlangan hukumati tasdiqlashicha, Rossiya qo‘shinlari Maryinkadagi 59 kvartaldan 50 tasini nazorat qilmoqda — ammo Ukraina QK bosh shtabidagilar ukrain harbiylari shaharni mudofaa qilishda davom etayotganini bildirgan.
Urushda halok bo‘lgan askarlarning Kiyevdagi portretlari
Mavzuga oid
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024