Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: London Kiyevni Storm Shadow qanotli raketalari bilan ta’minladi
Buyuk Britaniya Ukrainaga Storm Shadow uzoq masofali qanotli raketalarini yetkazib berdi, deb xabar qilmoqda CNNyuqori martabali g‘arb rasmiylari ma’lumotlariga tayanib.
Bu raketaning uchish masofasi 250 kilometrdan oshadi, bu esa unga “Ukraina sharqidagi Rossiya nazoratidagi hududga chuqur zarba berish imkonini taqdim etadi”, deb yozadi CNN.
Shu bilan birga, telekanal xabariga ko‘ra, Ukraina vakillari Buyuk Britaniyani raketalar faqat Ukraina hududida qo‘llanilishiga ishontirishgan.
London har doim Qrimni Ukraina hududi deb tan olib kelgan, deb eslatgan CNN, shuning uchun, ehtimol, raketalar yarimoroldagi nishonlar uchun ishlatilishi mumkin.
Buyuk Britaniya Ukrainaning g‘arb ittifoqchilari orasida Kiyevni uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan ta’minlagan birinchi davlatga aylandi.
Mavzuga oid
08:50 / 24.05.2025
Kiyev va mintaqaga tungi hujum: jabrlanganlar bor
10:11 / 17.05.2025
AQShning Kiyevdagi sobiq elchisi: Trampning Ukrainaga bosimi tufayli ketdim
09:01 / 01.05.2025
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda
18:50 / 24.04.2025