Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya samolyotlariga xizmat ko‘rsatsa, Gruziyaga ham sanksiyalar joriy qilinadi – AQSh
G‘arb davlatlari Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi havo qatnovining tiklanishiga qarshi.
AQSh Davlat departamenti Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi havo qatnovi qayta tiklangan taqdirda, sanksiya ostidagi Rossiya samolyotlariga xizmat ko‘rsatishni boshlasa, Gruziyaga ham sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda Davlat departamenti vakili Accent news nashriga ma’lum qildi.
G‘arb davlatlari Rossiyadagi rejim harakatlarini qoralaydi va hozir Rossiya bilan munosabatlarni o‘rnatish vaqti emas, deb hisoblaydi, deyiladi bayonotda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin «to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni tiklash yoki viza rejimini bekor qilish o‘rniga Gruziyaning bosib olingan hududidan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi lozim», bu Gruziya xalqiga kerak, dedi Davlat departamenti vakili.
«Qator G‘arb davlatlari, jumladan, AQSh o‘z havo hududida Rossiya aviakompaniyalarining parvozlarini taqiqladi. Agar Rossiya va Gruziya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklansa, bu bizning xavotirimizni uyg‘otadi va import-eksport nazorati ostidagi samolyotlarga xizmat ko‘rsatadigan Gruziya aviakompaniyalariga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkonini beradi», dedi u.
10 may kuni prezident Putin Gruziya fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilish va bu davlat bilan 2019 yilda Rossiyaga qarshi namoyishlardan so‘ng to‘xtatilgan havo qatnovini qayta tiklash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.
Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili bu qarorlar provokatsiya ekanini va «Rossiya Ukrainaga qarshi tajovuzni davom ettirar ekan va Gruziya hududini okkupatsiya qilar ekan» bu holat qabul qilinishi mumkin emasligini aytdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025