Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada "chet el agentlari" to‘g‘risidagi qonunga "uchinchi shaxslar" toifasi kiritiladi
“Uchinchi shaxslar” “ma’lum ta’sir” o‘tkazib, “chet el agentlari”ga “Xorijiy ta’sir ostidagi shaxslar faoliyatini nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonunni buzishda yordam berishi mumkin, dedi adliya vaziri o‘rinbosari Sviridenko.
Rossiyada “chet el agentlari” to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ma’lum bir “uchinchi shaxslar” toifasi kiritiladi. Bu haqda 11 may, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan XI Peterburg xalqaro yuridik forumida Rossiya adliya vaziri o‘rinbosari Oleg Sviridenko ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlarning “chet el agentlari” bilan aloqasi ham yo‘q, lekin ular “o‘zi xohlamagan holda” ma’lum ta’sir ko‘rsatishi va “chet el agentlari”ning “Xorijiy ta’sir ostidagi shaxslar faoliyatini nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonunni buzishiga yordam berishi mumkin”.
Vazir o‘rinbosari bo‘lajak tuzatishlarni “qonun profilaktikasi usuli” deb atadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ogohlantirishlarni, masalan, “taniqli “chet el agentlari”ni ko‘rsatadigan kanallar” olishi mumkin. “Uchinchi shaxslar” jarima bilan jazolanadi, dedi Oleg Sviridenko.
Shu bilan birga, Sviridenkoning ta’kidlashicha, uning vazirligi nafaqat chet eldan moliyalashtirish, balki "metodik va tashkiliy yordam ko‘rsatish, media platformalar, axborot makonida targ‘ibot, texnik jihozlash va boshqa ko‘plab narsalar uchun" odamlarni "chet el agentlari" ro‘yxatiga kirityapti.
Rossiyada "chet el agentlari" to‘g‘risidagi qonun 2012 yilda paydo bo‘lgan. Odatda, Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi "chet el agentlari" ro‘yxatini har hafta, juma kunlari to‘ldiradi. Ayni paytda unda 598 nafar jismoniy shaxs va tashkilot qayd etilgan.
2022 yil 1 dekabrdan boshlab qonun nafaqat xorijdan mablag‘ oladigan, balki chet el “qo‘llab-quvvatlayotgan” va “chet el ta’siri ostida” bo‘lganlarni ham “chet el agentlari” deb e’lon qilishga ruxsat bergan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025