Donbassdagi «arvoh» shahar va Zaporijjyaga zarba oqibatlari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 422-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- 11 may kuni kechqurun qator rossiyalik harbiy muxbirlar va Z-telegram-kanallar Ukraina qurolli kuchlari bir necha yo‘nalishlarda qarshi hujum boshlagani haqida xabar berishdi — ammo keyinroq vaziyat «barqarorligi» va «shtat rejimi»da ekani haqida yoza boshlashdi.
- RF mudofaa vazirligi bunga tezlik bilan munosabat bildirib, «Rossiya mudofaasi harbiy to‘qnashuvlar chizig‘ining turli uchastkalarida yorib o‘tilgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi»ni bildirdi, ammo ukrainlarning hujumlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tasdiqlandi.
- Volodimir Zelenskiy xorijiy nashrlarga bergan intervyusida Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumga tayyorlanishi uchun yana biroz vaqt zarurligi, chunki g‘arbdan va’da qilingan qurollar hali to‘liq yetib kelmaganini ma’lum qildi.
- Yevgeniy Prigojin Rossiya muntazam armiyasi bo‘linmalarini (Baxmutda vagnerchilarning qanotlarini yopishi kerak bo‘lgan) pozitsiyalarni jangsiz tashlab ketishda aybladi. Mudofaa vazirligi bu ma’lumot yuzasidan izoh bermadi.
- Bryansk, Kursk va Belgorod oblastlari rasmiylari tungi zarbalar haqida xabar berishgan. Bryansk oblastida dron harbiy komissariatga hujum qilgan, Kurskda zarbalar natijasida elektr ta’minoti qisman izdan chiqqan, Belgorodda ikkita uchuvchisiz uchar qurilma portlagan va xususiy sektorga tushgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Zaporijjya oblasti o‘qqa tutilishi oqibatlari
10 may kuni kechqurun Rossiya qo‘shini Zaporijja shahridan taxminan 30 kilometr janubda joylashgan Malokaterinovka posyolkasiga raketa zarbalari yo‘lladi. Hujum oqibatida tinch aholi vakillaridan to‘qqiz kishi jabrlangan, jumladan, tez yordam shifokori ham. Bir qancha uylar to‘liq vayron bo‘lgan, mingdan ortiq uy — elektrsiz qolgan. Rossiya tomoni Malokaterinovka o‘qqa tutilishi yuzasidan izoh bermagan.
Maryinkadagi vayrongarchiliklar
Maryinka anneksiya qilingan Donetskdan 24 kilometr masofada joylashgan. Maryinka atrofidagi janglar 2014 yildayoq boshlangandi, 2015 yil iyunida «DXR» kuchlari va Ukraina QK og‘ir qurollar qo‘llagan — BBC bu to‘qnashuvni 2015 yil fevralida imzolangan «Minsk-2» kelishuvidan keyingi eng yirik to‘qnashuv deb atagandi.
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan keyin Maryinka uchun kechgan shiddatli to‘qnashuvlar amalda shaharni butkul yer bilan yakson etdi. Quyida shaharning bugungi kundagi ko‘rinishi aks etgan suratlar.
Ukrainaning turli nuqtalaridan suratlar
Lvivdagi omborda olib kelib tashlangan sovet davri yodgorliklari
Inqilobgacha bo‘lgan Rossiya va undan keyingi SSSR davriga mansub yodgorliklarni olib tashlash ishlari Ukrainada keng ko‘lamli urushgacha boshlanib ketgandi — 2022 yil 24 fevralidan keyin esa bu jarayon ommaviy tus oldi. O‘tgan yil davomida Ukrainada Aleksandr Pushkinning 30 ta haykali, shuningdek Yekaterina II, Aleksandr Suvorov va Georgiy Jukovga o‘rnatilgan haykallar, shuningdek, sovet jangchilarining 20 ga yaqin yodgorliklari demontaj qilingan. Qoidaga ko‘ra, ular yo‘q qilinmaydi, balki saqlash uchun omborlar va muzeylarga jo‘natiladi.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024
The Telegraph: Tramp rejasi Britaniya qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga joylashtirishni nazarda tutadi
11:08 / 09.11.2024