Erdo‘g‘an Qilichdoro‘g‘lining Rossiya fitnasi haqidagi bayonotiga izoh berdi
Turkiya rahbari saylovdagi raqibining Rossiya tomonidan uyushtirilgan saylovoldi fitnasi haqidagi da’volarini inkor qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an saylovdagi raqibi, birlashgan muxolifat nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘lini Rossiyaning saylovlarga aralashuvi haqidagi so‘zlaridan «uyalishga» chaqirdi. Bu haqda TRT xabar berdi.
«Endi janob Kamol Rossiyani masxara qila boshladi. Uning aytishicha, saylovlarni Rossiya boshqaroqda. Uyalmaysizmi? Uyaling. Agar biz Amerika, Angliya va Germaniya saylovlarni boshqaryapti desak, bunga nima deysiz?», dedi Erdo‘g‘an saylovoldi tashviqoti chog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kamol Qilichdoro‘g‘lining bayonotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Erdo‘g‘an Turkiya xalqini muxolifat nomzodining bayonotlariga ishonmaslikka va 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida unga ovoz bermaslikka chaqirdi.
11 may kuni «Respublika xalq partiyasi» rahbari va Turkiya prezidentligiga nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘li Rossiyani saylovoldi «fitna»sini uyushtirganlikda, jumladan, soxta videolarni tarqatganlikda aybladi. Shuningdek, Rossiya hukumati prezidentlik saylovidan keyin ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor bo‘lsa, «Turk davlatidan qo‘lini tortishga» chaqirdi.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘li tasvirlangan videoni namoyish etdi. Unda mamlakatda terrorchi guruh deb tan olingan Kurdiston ishchilar partiyasi rahbari Murat Qarayila paydo bo‘lib, saylovda Qilichdoro‘g‘liga ovoz berishga chaqirgan. Keyinchalik, Deutsche Welle jurnalistlari video soxta ekanini, ikkita turli lavhadan yasalganini aniqladi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning boshqa davlatlar saylovlariga aralashganlik ayblovlarini bir necha bor rad etganini aytdi. «Hech qanday aralashuv haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Agar kimdir janob Qilichdoro‘g‘liga shunday ma’lumot bergan bo‘lsa, ular yolg‘onchi», degan edi Peskov.
Mavzuga oid
23:12 / 19.11.2024
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
11:40 / 19.11.2024
Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi
17:29 / 18.11.2024
Bloomberg: Erdo‘g‘an Rossiya-Ukraina urushini muzlatib qo‘yish rejasini tayyorladi
21:10 / 17.11.2024