"Milliy tiklanish" partiyasi saylovda O‘zLiDeP bilan birga Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi
"Milliy tiklanish" partiyasi O‘zLiDeP bilan birgalikda prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
2023 yil 13 may kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi.
Plenum qatnashchilari milliy yuksalishni amalda ta’minlayotgan, millat va vatanga sadoqati, xalqparvarligini isbot qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlash lozim, degan xulosaga kelishdi.
Plenumda muddatidan ilgari prezidentlik saylovlarida Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
Avvalroq O‘zLiDeP siyosiy kengashi amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev nomzodini prezidentlikka ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlagandi. Bu haqda partiya Siyosiy kengashining navbatdagi majlisida qaror qabul qilingan.
Ekologik partiya va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyalari o‘z rahbarlari Abdushukur Hamzayev va Ulug‘bek Inoyatovni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatadi. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi nomzod ko‘rsatish bo‘yicha bo‘lajak qurultoyda ko‘rib chiqish uchun Robaxon Mahmudova nomzodini ma’qulladi.
Mavzuga oid
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
20:24 / 22.11.2024