Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: Dunyoda urushlar va qurolli mojarolar soni ko‘payishni boshladi
2022 yilda dunyoda 22 ta urush olib borilgan, deydi Geydelberg xalqaro mojarolarni o‘rganish instituti ekspertlari. Ularning aksariyati - Afrikada Sahroyi Kabirdan janubda kuzatilgan.
2022 yilda dunyoda 216 ta urush va qurolli mojarolar qayd etilgan, bu bir yil avvalgiga nisbatan 12 taga ko‘pdir. Bular - 12 may, juma kuni Conflict Barometer yangi hisobotini e’lon qilgan Geydelberg xalqaro mojarolarni o‘rganish instituti (HIIK) hisob-kitoblari. Shu bilan birga, 21 ta mojaro “urush”, yana 21 tasi “cheklangan urush” deb tasniflangan, bu ham 2021 yilga nisbatan 2 taga ko‘pdir.
Olimlar Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishini Yevropadagi eng yuqori darajadagi yagona harbiy qarama-qarshilik deb atadi. Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi mojaro "cheklangan urush" deb ko‘rsatildi.
Olimlarning fikricha, kuch bilan hal qilinadigan nizolarning asosiy sabablari resurslar (yer, suv, foydali qazilmalar) uchun kurash va mafkuraviy yoki diniy tafovutdir. Biroq, sabablarning kombinatsiyasi deyarli har doim rol o‘ynaydi, deya KNA agentligi tadqiqot hammualliflaridan biri Tatyana Valyayevaning fikrini keltiradi.
Sahroyi Kabirdan janubdagi tropik Afrika sayyoradagi eng qaynoq nuqta bo‘lib qolmoqda. U yerda olimlar 16 ta urushni kuzatishmoqda, ularning aksariyati unumdor yerlarning qurishi va suv yetishmasligiga olib kelgan iqlim o‘zgarishi bilan qo‘zg‘atilgan yoki kuchaygan. Bu, o‘z navbatida, qochqinlar to‘lqiniga va kamayib borayotgan resurslar uchun kurashga olib kelyapti.
Mavzuga oid
23:08 / 06.05.2025
AQSh va G‘arbiy Yevropa aholisining qariyb yarmi Rossiya tufayli uchinchi jahon urushi boshlanishini kutmoqda
19:09 / 06.05.2025
«Tanamda 20 tacha oskolka bor» – Rossiyada majburan urushga yuborilgan o‘zbekistonlik hikoyasi
09:10 / 19.04.2025
Tramp Ukraina urushida vositachilikni to‘xtatish bilan tahdid qildi
13:55 / 14.04.2025