O‘zbekiston | 12:07 / 17.05.2023
10002
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentdan Dushanbega uchgan samolyot poytaxt aeroportiga qaytib keldi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent - Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha HY717 sonli reysi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytib keldi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, samolyotning qaytishiga Dushanbe aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (kuchli shamol) sabab bo‘lgan.
Toshkent vaqti bilan soat 10:04 da samolyot uchish aeroportiga kelib qo‘ndi.
Soat 11:31 da esa bortida 174 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Dushanbe aeroportiga uchib ketgan.
Mavzuga oid
07:30
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024
Toshkentda tezligi yuqori BYD maktab o‘quvchisini urib yubordi
18:58 / 19.09.2024