Baxmutda urush izlari va Kiyev oblastidagi dehqonchilik. Kun suratlari
Ukrainada urushning 448-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an g‘alla kelishuvi yana ikki oyga uzaytirilgani haqida e’lon qildi. Buni Rossiya TIV ham tasdiqlagan.
- CNN nashrining yozishicha, 16 may kuni Kiyevga raketa va dronlar orqali uyushtirilgan hujum vaqtida Patriot havo hujumidan mudofaa tizimiga yetkazilgan zarar jiddiy bo‘lmagan. The New York Times nashri aniqlik kiritishicha, Patriot ishchi holatda qolmoqda va barcha nishonlarni, jumladan tovush tezligidagi raketalarni ham urib tushirishi mumkin.
- Rossiya qo‘shinlari 17 may kuni Xerson oblasti bo‘ylab zarba yo‘lladi. Tinch aholi vakillaridan uch kishi halok bo‘ldi, ular orasida besh yoshli bola ham bor. Yana ikki kishi yaralangan.
- RF raqamli texnologiyalar vazirligi xabar qilishicha, harbiy ro‘yxatga olishning yagona reyestri kuzgi chaqiruvgacha ishga tushadi. Harbiy hisoblarni raqamlashtirish to‘g‘risidagi qonun Rossiya prezidenti tomonidan 14 aprel kuni imzolangandi. Hujjatga ko‘ra, Rossiyada harbiy xizmatga majbur bo‘lgan shaxslarning yagona reyestri yaratiladi, chaqiruv qog‘ozini esa qo‘lga olib borib berish shart bo‘lmaydi, elektron shaklda yuborilgani ham hisobga o‘tadi.
Kun kadri. Kiyev oblastida ekin maydoni
Baxmut bir yil ichida qanday o‘zgardi?
2022 yil mayida front chizig‘i Donetsk oblastining Baxmut shahri atrofiga yaqinlashib kelgandi. Avgust oyi o‘rtalarida Rossiya qo‘shinlari asosiy e’tiborni shu yo‘nalishga qaratdi, kuzda esa Baxmut uchun shiddatli janglar boshlandi. Bu vaqt ichida shaharning katta qismi yakson etildi — quyidagi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari 2022 yil mayida Baxmutning yuqoridan ko‘rinishi qanday bo‘lgani va hozir qanday ko‘rinishi aks etgan.
Lvivda rossiyalik mualliflarning kitoblari makulaturaga yig‘ilmoqda
Ukrainadagi barcha davlat va xususiy kutubxonalarda sovetlar davri va rossiyalik mualliflarning ko‘plab kitoblari, shuningdek g‘arblik yozuvchilarning rus tiliga tarjimalari mavjud edi. Keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan keyin ko‘plab ukrainlar bu kitoblarni makulaturaga topshira boshlashdi, to‘plangan mablag‘lar esa Ukraina qurolli kuchlari uchun yo‘naltirilmoqda.
Mavzuga oid
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024