O‘zbekiston | 11:40 / 19.05.2023
2763
2 daqiqa o‘qiladi

Mahsulotlarni sertifikatlashtirishda mualliflik huquqiga rioya etilishi tekshiriladi

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

Mahsulotlarni O‘zbekiston sertifikatlashtirish Milliy tizimida sertifikatlashtirishda endilikda intellektual mulk obektlariga (tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, geografik ko‘rsatkichlar va sanoat namunalari) bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligi ham o‘rganib, tekshiriladi.

Sertifikatlash organi tomonidan mahsulotda intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini o‘rganish va tekshirish davrida quyidagilar amalga oshiriladi:

a) mahsulotni sertifikatlashtirish uchun arizani ko‘rib chiqish, shu jumladan namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish jarayonida tegishli mahsulotda intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini o‘rganish va tekshirish sertifikatlash organi tomonidan 2 ish kunida amalga oshiriladi.  

b) o‘rganish va tekshirish davrida sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qo‘llanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlarda qonunchilik hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan intellektual mulk obektlari bilan adashtirib yuboradigan darajada bir xil yoki aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar aniqlansa, sertifikatlash organi tomonidan arizachiga asoslantirilgan rad javobi beriladi.

Hujjat bilan ushbu yo‘nalishda tekshirish o‘tkazish sxemasi tasdiqlanmoqda.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid