Jamiyat | 10:44 / 25.07.2024
2923
1 daqiqa o‘qiladi

Fotografiya asaridan ruxsatsiz foydalangan nashriyot uyiga chora ko‘rildi

«O‘zbekiston nashriyot matbaa ijod uyi» MChJga nisbatan mualliflik huquqini buzganlik uchun tegishli huquqiy ta’sir chorasi qo‘llandi.

Adliya vazirligi tomonidan muallif M.K.ning murojaati ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uning davomida muallifga tegishli bo‘lgan fotografiya asari huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan «O‘zbekiston nashriyot matbaa ijod uyi» MChJ tomonidan foydalanilgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan vazirlik tomonidan «O‘zbekiston nashriyot matbaa ijod uyi» MChJga nisbatan mualliflik huquqini buzganlik uchun tegishli huquqiy ta’sir chorasi qo‘llandi.

«Hurmatli ijodkorlar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish uchun Adliya vazirligiga murojaat qiling», deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga oid