Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida gaz ta’minoti tizimidagi ikki mansabdor qamoqqa olindi
Ular avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida belgilangan me’yordan ortiq kompressor jihozlari o‘rnatilgani uchun jarima rasmiylashtirmaslik evaziga 8 ming dollar pora olgani aytilmoqda.
«Hududgaz Toshkent» gaz taminoti filialining «O‘rtachirchiqtumangaz» gaz ta’minoti bo‘limining yetakchi muhandisi M.O. 8 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
U bu pulni mahalliy MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida belgilangan me’yordan ortiq kompressor jihozlari o‘rnatilgani uchun jarima rasmiylashtirmaslik evaziga olgani aytilmoqda.
DXX xabariga ko‘ra, tezkor surishtiruv harakatlari davomida, muhandis ushbu pul mablag‘ini «Hududgaz Toshkent» gaz taminoti filialining yetakchi muhandisi B.M. ko‘rsatmasiga asosan olgani aniqlangan va ushbu shaxs ham ushlangan.
Hozirda ikki mansabdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tezkor tadbirni Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025