«Manchester Siti» - 9 karra APL chempioni
Angliya chempionatining 37-turida 2-o‘rindagi «Arsenal» (81 ochko) safarda «Nottingem Forest»ga yutqazdi (0:1) va peshqadam «Manchester Siti»ga (85 ochko) yetib olish imkoniyatini yo‘qotdi.

Foto: Getty images
Natijada «shaharliklar» o‘z tarixida 9-bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Gvardiola jamoasi so‘nggi 6 yilda 5-marta Angliyaning tengsiz klubiga aylandi.
«Siti» ertaga, 21 may kuni 37-tur doirasida «Chelsi»ni qabul qiladi va muxlislari qarshisida chempionlikni nishonlaydi.
Manchester klubida bu mavsumda trebl qilish imkoniyati bor. Buning uchun jamoa 3 iyun kuni Angliya Kubogi finalida hamshahari «MYu»ni, 10 iyunda YeChL finalida «Inter»ni mag‘lub etishi kerak.
Mavzuga oid

18:17 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar

10:00 / 01.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?

11:37 / 28.04.2025
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari

23:12 / 27.04.2025