Kiyevga hujum va Baxmut atrofidagi ukrain jangchilari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 451-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Prigojin Baxmut ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilgani haqida e’lon qildi. Ukraina qurolli kuchlari va Ukraina mudofaa vazirligi buni rad etmoqda.
- Telegram-kanallar Ukrainaning qurolli guruhlari Belgorod oblasti hududiga yorib o‘tgani haqida xabar berishdi. Region operativ shtabidagilar buni rad etishdi.
- Volodimir Zelenskiy «Katta yettilik» sammitida ishtirok etish uchun Yaponiyaga keldi.
- Ukraina mudofaa vazirligi Ukraina QK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy g‘oyib bo‘lib qolgani to‘g‘risidagi ma’lumotni rad etdi.
- Xalqaro jinoyat sudi Rossiya rasmiylarining sud prokurori Karim Xonni qidiruvga berish to‘g‘risidagi qarorini qo‘rqitish deb atadi.
Kiyevga dronlarning navbatdagi hujumi
Rossiya qo‘shinlari 20 mayga o‘tar kechasi ham Kiyevga hujum uyushtirdi. Ukraina QK havo kuchlari «Shahed» rusumli 18 ta dron uchib kelgani va ularning barchasi urib tushirilganini ma’lum qildi. Dronlar parchalari shaharning to‘rt rayoni hududlariga qulagan, ikkita turar joy binosi va avtomobillarni shikastlagan. Jarohat olganlar yo‘q.
Kiyevga tungi yoppasiga hujum may oyi boshidan buyon amalga oshirilgan 11-hujum bo‘ldi. Havo zarbalari aprel oyi oxirida kuchaygan — bungacha deyarli bir oy davomida bunday zarbalar kuzatilmagandi.
Ukraina QKning Baxmut atrofidagi pozitsiyalari
«Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin 20 may kuni kunduzi Donetsk oblastining Baxmut shahri uning yollanma kuchlari tomonidan to‘liq ishg‘ol etilganini e’lon qildi. «Baxmutni egallash bo‘yicha amaliyot — Baxmut go‘shtqiymalagichi — 224 kun davom etdi», — degan Prigojin o‘zining matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan videoda. 21 mayga o‘tar kechasi RF mudofaa vazirligi ham «Artemovsk shahri ozod etilgani» (Rossiya propagandasi shaharning sovetcha nomlanishini qo‘llaydi) haqida xabar berdi.
Ukrain harbiylari va mulozimlari Baxmut boy berilganini tasdiqlamagan. Ukraina QK Sharqiy qo‘shinlar guruhi spikeri Sergey Cherevatiy Rossiya kuchlari Baxmutni o‘z nazoratiga olgani to‘g‘risidagi xabarni rad etib, ukrain harbiylari «Baxmut uchun jangni davom ettirayotgani»ni aytib chiqdi. Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Baxmutda «og‘ir janglar ketayotgani, vaziyat o‘ta og‘irligi»ni tan oldi, uning qayd etishicha, ukrain harbiylari shahardagi so‘nggi uchastka — «Samolyot rayoni»ni ushlab turibdi. Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforov Baxmut boy berilgani haqidagi ma’lumotni Ukraina prezidenti ham tasdiqlamasligini bildirdi.
Sankt-Peterburgda urush mavzusidagi graffiti
Mavzuga oid
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024