Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston favqulodda holatlarda bir-birining aerodromlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi
Prezident “O‘zbekiston hukumati bilan Tojikiston hukumati o‘rtasida fors-major holatlarda davlat aviatsiyasi havo kemalari tomonidan havo hududi va aerodromlardan foydalanish sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.
Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 14 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2023 yil 4 mayda ma’qullangan.
Qonun bilan O‘zbekiston hukumati va Tojikiston hukumati o‘rtasida fors-major holatlarda davlat aviatsiyasi havo kemalari tomonidan havo hududi va aerodromlardan foydalanish sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (Dushanbe, 2021 yil 10 iyun) ratifikatsiya qilindi.
Bitimning asosiy maqsadi fors-major holatlarida davlat aviatsiyasi havo kemalarining havo hududi va aerodromlardan foydalanish sohasida o‘zaro hamkorlik qilishning yagona tartibini belgilashdan iborat.
Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda tomonlar davlat havo hududini qisqa muddatli kesib o‘tishga, o‘z aerodromlaridan biriga zaxira sifatida qo‘nish uchun ruxsat berishga haqliligi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
14:40 / 09.04.2025
AQSh Ukraina yaqinidagi Polsha aerodromidan kuchlarini olib chiqib ketyapti
15:52 / 11.12.2024
Saratov oblastida harbiy aerodromga hujum haqida ma’lum qilindi
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024