Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston vakili Musulmon oqsoqollari kengashi boshqaruvi a’zoligiga kiritiladi
Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida Musulmon oqsoqollari kengashining bosh kotibi Muhammad Abdulsalom bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda ta’sischisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bo‘lgan «Dunyo» axborot agentligi.
Uchrashuvda Muhammad Abdulsalom kengash faoliyati hamda erishgan natijalar haqidagi ma’lumotlarni o‘rtoqlashar ekan, O‘zbekistonning Islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etdi. U, xususan, Imom al-Buxoriy, Imom Moturidiy va Iso at-Termiziylarning islom dinini asl mazmunini targ‘ib qilish, saralangan hadislarni to‘plashga qo‘shgan hissalarini ta’kidladi.
Muloqot chog‘ida Musulmon oqsoqollari kengashi boshqaruvi a’zoligiga bugungi kunda islom olamida e’tirof qozongan nufuzli ulamolar kiritilgani, O‘zbekiston zaminining islom sivilizatsiyasidagi yuksak o‘rnini inobatga olgan holda boshqaruv a’zolari safidan joy olgan mamlakat vakili Kengashning nufuzli tadbirlardan birida alohida e’lon qilinishi bildirildi.
Musulmon oqsoqollar kengashi mustaqil xalqaro tashkilot bo‘lib, 2014 yil iyul oyida Abu Dabida tashkil etilgan. Kengashning asosiy maqsadi musulmon olamida tinchlikni targ‘ib qilish, nizolarni to‘xtatishda birgalikda harakat qilish hisoblanadi. Kengash boshqaruvi a’zolari o‘zining mustaqilligi va mo‘’tadilligi bilan nufuzga erishgan musulmon olimlari va ekspertlaridan iborat bo‘ladi.
Misrdagi Al-Azhar masjidi va universiteti imomi, doktor Ahmad al Toyib ushbu Kengash boshqaruvining raisi hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:29 / 17.03.2025
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi
07:40 / 12.09.2024
Kozim To‘laganov Qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi etib tayinlandi
11:35 / 03.08.2024