Belgorod oblastidagi janglar izlari va Baxmut atrofidagi tankchilar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 454-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya mudofaa vazirligi 22 may kuni Belgorod oblasti hududiga bostirib kirgan «diversantlar» «qurshab olingani va yakson etilgani» haqida xabar qildi. Gubernator Vyacheslav Gladkov hujum oqibatida tinch aholi vakillaridan 12 kishi yaralangani va bir kishi halok bo‘lganini aytdi. Shuningdek, bir keksa yoshli ayol evakuatsiya vaqtida jon bergan. 23 may kuni kechqurun oblast hududida aksilterror operatsiya rejimi bekor qilindi. Tergov qo‘mitasi olti modda bo‘yicha jinoiy ish ochgan.
- Volodimir Zelenskiy Donbassdagi front chizig‘iga — Vuhledar-Maryinka mudofaa chizig‘iga keldi. Prezident harbiy xizmatchilarni Ukraina QK HDK dengiz piyodalari kuni bilan tabriklagan va mukofotlagan.
- Davlat dumasi «zagranpasport»lar olib qo‘yilishi to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritdi. Unga ko‘ra,
- Rossiya Federatsiyasida muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar chaqiruv e’lon qilinganidan keyin 5 kun ichida xorijga chiqish pasportlarini migratsiya bo‘limlariga saqlash uchun topshirishlari kerak. Agar ular buni qilmasa, hujjat haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Kunning asosiy suratlari. Belgorod oblastida janglar izlari
22 may kuni Belgorod oblastining Ukraina bilan chegaradan olti kilometr masofada joylashgan Grayvoron shahridagi nazorat-o‘tkazish punkti o‘qqa tutildi. Shu kuni keyinroq chegaradagi Kozinka qishlog‘ini ham o‘qqa tutishdi.
Rossiya nashrlari zarbalar ukrain tanklari tomonidan berilganini yozishdi, gubernator Vyacheslav Gladkov Grayvoron shahar okrugi hududiga «Ukraina qurolli kuchlarining diversiya-razvedka guruhi kirgani» haqida xabar qildi. Ko‘p o‘tmay hujum uchun javobgarlikni «Rossiyaga ozodlik» legioni va «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» o‘z zimmalariga olishdi.
Volodimir Zelenskiyning ofisidagilar Ukraina bu hujumga «to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador emasligi»ni ma’lum qilishdi. Ukraina mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasidagilar amaliyot ishtirokchilarini «Rossiyaning muxolif kayfiyatdagi va Putin rejimiga qarshi qurolli kurash olib borishga tayyor bo‘lgan fuqarolari» deb atadi.
22 may kuni Belgorod oblastida aksilterror operatsiya rejimi e’lon qilindi — bu rejim roppa-rosa bir kun o‘tib, RF mudofaa vazirligi regionga kirib kelgan diversantlar «qurshab olingani va yo‘q qilingani» haqida e’lon qilganidan keyin bekor qilindi.
Vyacheslav Gladkov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida tinch aholi vakillaridan 12 kishi yaralangan, bir ayol avtobusda «evakuatsiya tadbirlari vaqtida» jon bergan. Keyinroq u yana bir qurbon haqida xabar qildi.
Rossiya va Ukraina prezidentlari urushning 454-kunida
Baxmut atrofidagi ukrain tankchilari va minomyotchilari
Ukraina frontining turli hududlaridan suratlar
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024