Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Import qilinadigan ayrim sport tovarlariga boj to‘lovi kamaytiriladi
Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Bojxona kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasida import qilinadigan sport kiyimlari va anjomlariga boj miqdorini kamaytirishga oid masala ko‘zda tutilgan.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda ayrim sport kiyimlari, professional sport anjomlari, jihozlari va uskunalarini chetdan olib kelishga ehtiyoj bor.
Qonun loyihasi bilan Bojxona kodeksiga tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxat asosida davlat va nodavlat sport-ta’lim tashkiloti tomonidan xorijdan olib kelinadigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan sport kiyimlari va ekipirovkalari hamda oyoq kiyimlari, sport anjomlari, jihozlari va uskunalari kabi import qilinadigan tovarlarga ma’lum muddatda boj to‘lovlarini kamaytirish belgilanyapti.
Yig‘ilishda deputatlar qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
20:34 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
15:52 / 11.04.2025