Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning xorijga chiqish pasporti olib qo‘yiladi
Rossiya Federatsiyasida muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar chaqiruv e’lon qilinganidan keyin 5 kun ichida xorijga chiqish pasportlarini topshirishlari kerak. Agar ular buni qilmasa, hujjat haqiqiy emas deb hisoblanadi. Davlat dumasi tomonidan qonunga tegishli tuzatishlar qabul qilindi.
Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi 23 may, seshanba kuni uchinchi, yakuniy o‘qishda “Rossiya Federatsiyasidan chiqish va Rossiya Federatsiyasiga kirish tartibi to‘g‘risida”gi qonunga harbiy yoki muqobil fuqarolik xizmatiga chaqirilgan shaxslarni xorijga chiqish pasportlarini ushbu hujjatni bergan organga saqlash uchun topshirishga majburlovchi tuzatishlarni ma’qulladi.
Agar pasport uzrli sabablarsiz vakolatli organga saqlash uchun berilmasa, u haqiqiy emas deb topiladi. Shuningdek, pasport egasi familiyasi, ismi, otasining ismini yoki tug‘ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirsa, pasport haqiqiy emas deb topiladi.
Tuzatishlar hali ham Federatsiya kengashi tomonidan tasdiqlanishi va Rossiya prezidenti tomonidan imzolanishi kerak, ular rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 180 kun o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025