Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxmutdagi yarador askarlar va Rossiyada sariq-ko‘k rangga qarshi kurash. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 456-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya va Belarus mudofaa vazirlari rossiyaliklar yadro qurolini Belarusda joylashtirish bo‘yicha hujjatni imzoladi. Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, jangovar kallaklarni joylashtirish «allaqachon boshlangan».
- Yevgeniy Prigojin «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangchilarini Baxmutdan olib chiqish boshlanganini e’lon qildi. Ukraina mudofaa vaziri Anna Malyar vagnerchilar chindan ham shahar atrofidan ketganini tasdiqladi — ularning o‘rniga muntazam armiya qismlari joylashtirilmoqda. Ammo XHK a’zolari shaharning o‘zida qolishda davom etmoqda.
- Rossiya va Ukraina navbatdagi asirlar almashinuvini o‘tkazdi. Kiyev 106 nafar harbiy xizmatchisi qaytarilganini xabar qilgan, Moskva ozod etilganlar soniga aniqlik kiritmagan.
- Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi boshlanib ketganini aytdi.
- FXX Rossiyaning ikkita AES elektr uzatish liniyalari tayanchlarini portlatishni rejalashtirgan «diversantlar» qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
- Amerika razvedkasi Kremlga dronlar hujumi Ukraina tomonidan tashkillashtirilganini gumon qilmoqda.
- Buyuk Britaniya parlamenti Golodomorni ukrain xalqining genotsid qilinishi sifatida tan oldi. 2022 yil kuzida bunday qaror GFR parlamenti tomonidan qabul qilingandi.
Kun kadri. Askar rafiqasining oldiga qaytdi
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina QKning Baxmut atrofidagi dala hospitali
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Vuhledardagi ukrain minomyotchilari
Donetsk oblastidagi Vuhledar — Maryinka liniyasi — frontda nisbatan faol harbiy harakatlar davom etayotgan uchastkalardan biridir. Rossiya qo‘shini bir-biridan 30 kilometr masofada joylashgan bu ikki shaharni egallab olishga harakat qilmoqda, ammo ukrain harbiylari mudofaani ushlab turishibdi.
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Kiyev ustida dron portlashi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Uyi urushda vayron bo‘lgan ayolning hayot tarzi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Omskda sariq-ko‘k rangli skameykalarga qarshi kurash
Ukrainaning turli hududlaridan suratlar










Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025