Maskning kompaniyasi miya chiplarini odamlarda sinab ko‘rishga ruxsat oldi
Neuralink loyihasi minglab elektrodlarni inson miyasining tashqi yuzasiga joylashtirish imkonini beradi. Klinik sinovlarda qatnashishni xohlovchilarni qabul qilish yaqin kunlarda boshlanadi.
Ilon Maskning miya chiplari ishlab chiqaruvchi Neuralink kompaniyasi klinik sinovlarni o‘tkazishga ruxsat oldi. Neuralink 26 may, juma kuni Twitter’dagi sahifasida: «Biz FDA (Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi) ruxsatnomasini olganimizni mamnuniyat bilan e’lon qilamiz», — deb yozdi.
Xabarda Neuralink texnologiyasi ko‘pchilikka yordam berishiga ishonch bildirilgan. Kompaniya, shuningdek, birinchi klinik sinovlarda ishtirok etishni xohlovchilarni olish hali boshlanmaganini, biroq qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin vaqt ichida ommaga e’lon qilinishini bildirdi.
Mart oyi boshida Reuters Neuralink’ning amaldagi va sobiq xodimlariga tayanib, FDA Mask va uning kompaniyasiga chiplarni odamlarda sinab ko‘rish so‘rovini rad etgani haqida xabar berdi. Shundan so‘ng agentlik tajribalar o‘tkazishdan oldin kompaniya hal qilishi kerak bo‘lgan o‘nlab muammolarni sanab o‘tdi.
Neuralink - Maskning neyrochiplarni ishlab chiqish kompaniyasi. U miya signallarini Bluetooth orqali uzatish imkonini beradi. Shu tariqa, uning yordami bilan kompyuter yoki smartfonni bevosita boshqarish mumkin bo‘ladi. Qabul qiluvchi kapsula eshitish vositasi kabi quloq orqasiga o‘rnatiladi deb taxmin qilinadi. Elektrodlar undan miyaga o‘tadi. Hammasi bo‘lib, miyaga 1500 tagacha elektrod joylashtiriladi, ularning har biri inson sochidan to‘rt barobar yupqaroqdir.
Mavzuga oid
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
12:05 / 15.11.2024
Tramp jamoasini shakllantirmoqda. So‘nggi tayinlovlardan uning ikkinchi muddati qanday bo‘lishini bilish mumkinmi?
20:38 / 14.11.2024