Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada Putinning sobiq kuyoviga tegishli yer uchastkasi xatlovga olindi
Niderlandiya hukumati Putinning sobiq kuyovi Yorrit Faassenga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishi mumkin, deya xabar beriladi “Proyekt”, Follow the money va The Guardian surishtiruvida.
Niderlandiya prokuraturasi Vladimir Putinning to‘ng‘ich qizi deb hisoblanuvchi Mariya Voronsovaning sobiq eri Yorrit Faasenga tegishli Amsterdam chekkasidagi yer uchastkasini xatlovga oldi. Mulk xatlovga olingani haqida 25 may, payshanba kuni "Proyekt", Follow the money niderland nashri va Britaniyaning The Guardian gazetasi xabar berdi.
Surishtiruv ma’lumotlariga ko‘ra, Putinning sobiq kuyovi Duyvendrext tumanida 1432 kvadrat metr yer uchastkasiga ega. Uzoq vaqt davomida Putinning do‘stlari Arkadiy va Boris Rotenberg tuzilmalari yerga egalik qilishgan, ammo keyin Faassen uni 450 ming yevroga sotib olgan. 2021 yilda u yerda turar joy binosi va oltita ofis maydoni qurishga qaror qildi.
12 may kuni Niderlandiya prokuraturasi yerni moliyaviy, iqtisodiy va ekologik huquqbuzarliklar tufayli tortib oldi, deb yozadi The Guardian. Advokat Xelen Over de Lindenning tan olishicha, Faassen jinoiy ishda ayblanuvchiga aylanishi mumkin, ammo uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha mavjud hujjatlardan buni aniqlash mumkin emas.
Faassenning tanishi "Proyekt" nashriga aytishicha, Putinning sobiq kuyovi yaqinda Amsterdamga uchib kelgan, biroq niderland huquq-tartibot idoralari unga qiziqish bildirgani uchun Rossiyaga qaytishga majbur bo‘lgan. Niderlandiya razvedkasidagi manbaning aytishicha, Faassen Amsterdamga kelganida sanksiyalardan bo‘yin tovlash ehtimoli bo‘yicha so‘roq qilingan.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi
00:22 / 25.04.2025