O‘zbekiston | 11:44 / 26.05.2023
30258
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda uch nafar bola Zarafshon daryosiga cho‘kib ketdi

Ulardan birining jasadi topilgan. Qolgan ikki nafar bola qidirilmoqda.

Hodisa 2023 yil 25 may kuni soat 14:00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar bermoqda.

Uch nafar voyaga yetmagan bola Zarafshon daryosiga cho‘milish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketishgan.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, har uchala bola ham 2009 yil tug‘ilgan. Ular Paxtachi tumanidagi 13-maktabning 7-sinf o‘quvchilari bo‘lishgan.

FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bolalardan birining murdasi topilgan. Qolgan ikki nafar bolani qidirib topish ishlari olib borilmoqda. 

Qayd etilishicha, hozirda marhumning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid