Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina va Rossiya bir-birini Zaporijjya AES bo‘yicha provokatsiya tayyorlashda aybladi
Juma kuni kechqurun Ukraina razvedkasi Rossiya qo‘shinlari Zaporijjya atom elektr stansiyasi hududiga zarba berish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Ukraina «GUR» ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar o‘t ochishni to‘xtatishni talabi etayotgan xalqaro hamjamiyatni tergovga chorlash uchun elektr stansiyasida «avariyani soxtalashtirishi» va «radiaktiv moddalarning favqulodda sizib chiqishi haqida e’lon qilishni» rejalashtirmoqda.
Oradan bir yarim soat o‘tgach, Zaporijjya viloyatining okkupatsion «ma’muriyati» vakili Vladimir Rogov Ukraina «GUR» bayonotiga izoh berdi.
U Ukrainani provokatsiya tayyorlashda ayblab: «Agar hozir Kiyev bu mavzuga e’tibor qaratayotgan bo‘lsa, bu haqiqatan ham nimadir tayyorlab qo‘yilganligini anglatadi», dedi.
Avvalroq Zaporijjya AESda tashqi elektr ta’minoti butunlay uzilgandi, stansiya dizel generatorlaridan favqulodda zaxira quvvatiga o‘tkazilgan.
Zaporijjya viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogovning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning «Energoatom» kompaniyasi o‘zi boshqarayotgan «Dneprovskaya» elektr tarmog‘ini uzib qo‘ygan.
O‘chirish sababi noma’lum. «Energoatom» davlat konserni Zaporijjya AESda tashqi elektr ta’minoti o‘chirilganligini tasdiqladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025