Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:47 / 28.05.2023
19950
6 daqiqa o‘qiladi
Kiyevga yana dronlar hujumi va Donbassga evakuatsiyadan qaytayotgan odamlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 458-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- 28 mayga o‘tar kechasi Kiyev keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon dronlarning «eng yirik hujumi»ga yo‘liqdi. Ukraina qurolli kuchlari tasdiqlashicha, 50 dan ortiq uchuvchisiz uchar qurilmalarini urib tushirgan. Tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralangan.
- Rostov oblastida anneksiya qilingan «LXR»dan bo‘lgan 39 nafar qurollangan dezertirdan iborat guruh qidirilmoqda. Ularning barchasi — «Shtorm Z» otryadidagi sobiq mahbuslar bo‘lib, Lisichanskdan qochib ketishgan.
- Anneksiya qilingan «DXR»da ham yetti nafar sobiq mahbuslar dezertirlik qilgan. Ulardan besh nafari qo‘lga olingan, yana birini taslim bo‘lmoqchi bo‘lganida o‘ldirishgani aytilgan, yana bir kishi qidirilmoqda.
- Tver oblastining Yeroxino qishlog‘i yaqinida, «Drujba» neft quvuriga xizmat ko‘rsatuvchi neftni qayta ishlash stansiyasiga dronlar hujum qildi. Shuningdek, Pskov oblasti Litvinovo qishlog‘idagi ma’muriy binoda ham portlash bo‘lgan. Rasmiylar bu portlash sababini ochiqlamagan.
- Kursk oblastida minomyot zarbasi oqibatida davlat chegarasida mudofaa liniyasini barpo etishda ishlayotgan quruvchi halok bo‘lgan.
- Bryansk oblastida kamikadze dron hujumi oqibatida RF mudofaa vazirligi avtomobilida, Brovnichi — Sushani yo‘li bo‘ylab harakatlangan ikki harbiy halok bo‘ldi.
- Belgorod oblasti o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, ikki o‘smir yaralangan.
Kiyevda dron portlashi
Bogorodichnoye qishlog‘idagi kundalik hayot
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Baxmut atrofida yakson etilgan texnika
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrainaning turli hududlaridan suratlar








Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025