«Chelsi» yangi bosh murabbiyini e’lon qildi
Maurisio Pochettino «Chelsi»ning yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Argentinalik mutaxassis 1 iyul kunidan London jamoasida ish boshlaydi. Pochettino va «Chelsi» o‘rtasida ikki yillik shartnoma imzolanib, kelishuvni yana bir yilga uzaytirish bandi ham kiritilgan.
Klub Grem Potterni iste’foga chiqargach, mavsum yakuniga qadar «Chelsi»da bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida Frenk Lempard faoliyat yuritdi. Bu o‘zgarishga qaramay, «Chelsi» mavsumni 12-o‘rinda yakunladi. Bu so‘nggi 29 yil ichida klubning eng yomon natijasi.
Pochettinoning so‘nggi ish joyi «PSJ» bo‘lib, 51 yoshli argentinalik Parij klubidan 2022 yilning yozida iste’foga chiqarilgandi. Bungacha u «Tottenhem»ga 5 yildan ortiq murabbiylik qilgan.
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
14:31 / 02.11.2024
«Arsenal»da yana jiddiy raqib, Husanov «PSJ»ga qarshi, «Chelsi» «Old Trafford»ga boradi - uikend anonsi
12:56 / 22.09.2024