O‘zbekiston | 15:00 / 29.05.2023
3625
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

HUMO to‘lov tizimi xalqaro kartalar amaliyotlari uchun Milliy shlyuzni ishga tushirdi

Foto: HUMO

HUMO tomonidan ishga tushirilgan Milliy shlyuz o‘tkazmalar jarayonini to‘liq mahalliylashtiradi va tranzaksiyalarning qo‘shimcha xavfsizligini ta’minlab, ortiqcha xarajatlarning oldini oladi.

Milliy banklararo protsessing markazi (HUMO to‘lov tizimi) tomonidan xalqaro kartalar bo‘yicha amaliyotlarni qayta ishlash imkonini beruvchi Milliy shlyuz ishga tushirildi. Bu mamlakat to‘lovi tizimi va mijozlar uchun muhim bo‘lgan qator imkoniyatlarni yaratadi.

Hozirgi kunda mijozlar O‘zbekiston banklari tomonidan emissiya qilingan xalqaro kartalar, xususan, "VISA", "Mastercard" yoki "UnionPay" orqali mamlakat ichidagi terminallarda to‘lovlarni amalga oshirganda, ushbu tranzaksiyalar xorijiy to‘lov tizimi serverlariga uzatilar va qayta ishlovdan o‘tgandan so‘nggina tranzaksiya amalga oshar edi. Bu jarayon xalqaro internet trafigi va uzoqda joylashgan serverlarga murojaat qilishni talab qilgani uchun, vaqt va xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘ziga xos muammolarni keltirib chiqarishi mumkin edi. 

HUMO tomonidan ishga tushirilgan Milliy shlyuz esa, ushbu jarayonni to‘liq mahalliylashtirishga imkon berdi va tabiiyki tranzaksiyalarning qo‘shimcha xavfsizligi ta’minlandi. Boshqacha qilib aytganda, endi mahalliy banklar tomonidan emissiya qilingan xalqaro kartalardan O‘zbekiston ichida amalga oshadigan tranzaksiyalar mamlakat ichida dasturiy qayta ishlovdan o‘tadi. Bu esa o‘z navbatida banklar va to‘lov tizimi ishtirokchilari uchun qo‘shimcha internet trafik va ortiqcha xarajatlarning oldini oladi.

Hozirda mazkur svitch xizmatidan protsessing markazlari MBPMga ulangan 10 ta tijorat banki foydalanishlari mumkin. ANORBANK birinchilardan bo‘lib o‘zining xalqaro kartalari orqali mahalliy tranzaksiyalarni ushbu shlyuz orqali o‘tkazishni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, Milliy shlyuzni ishga tushirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 avgustdagi PQ-3945-son "Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalardan biri hisoblanar edi.

Sayt: https://humocard.uz/uz/
Telegram: https://t.me/humoofficial
Telegram-bot: https://t.me/HUMOcardbot

Instagram: https://www.instagram.com/humo_card/
Facebook: https://www.facebook.com/humocard

Reklama

Mavzuga oid