Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha huquqiy-texnik hujjatlarni tasdiqladi
Samarqandda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari o‘rtasida davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida ishchi guruhlarning yig‘ilishlari va demarkatsiya bo‘yicha qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati.
«Uchrashuvda Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida qo‘shma dala tadqiqotlari natijalari muhokama qilindi», — deyiladi xabarda.
Qo‘shma demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha tomonlar davlat chegarasini demarkatsiya qilishga oid huquqiy va texnik hujjatlarni tasdiqladi.
«Muzokaralar do‘stona muhitda o‘tdi. Tadbirlar yakuni bo‘yicha tegishli bayonnomalar imzolandi», — deya xulosa qildi matbuot xizmati.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025