O‘zbekistonga Kuvayt sarmoyalari va texnologiyalarini jalb etish rejalashtirilyapti
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyev Kuwait Investment Co. kompaniyasi prezidenti Yusuf Muxammad al-Alini qabul qildi.

Foto: TIV
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda, jumladan, Kuvayt sarmoyalari va texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb etish orqali iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Mamlakatda sanoat, qurilish, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Kuwait Investment Co. kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi

13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi

11:00 / 12.05.2025
Kuvayt bilan neft-kimyo sohasida 850 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

14:37 / 03.05.2025