Seul va Tokio Shimoliy Koreyani sun’iy yo‘ldosh uchirmaslikka chaqirdi
Shimoliy Koreyaning sun’iy yo‘ldoshni uchirish rejalari BMTning Pxenyanga raketa uchirishni taqiqlovchi rezolyutsiyasini buzadi, deya ta’kidladi Yaponiya va Janubiy Koreya rasmiylari.
Yaponiya va Janubiy Koreya hukumatlari BMTning raketa sinovlarini taqiqlaganini sabab sifatida keltirib, Shimoliy Koreya rasmiylaridan razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirish rejalaridan voz kechishni talab qildi. Bu haqda 29 may, dushanba kuni Reuters agentligi xabar berdi.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida Shimoliy Koreyaning har qanday raketa uchirishi BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya yadroviy va raketa faoliyatini qoralovchi rezolyutsiyalarini jiddiy buzish holati bo‘lishini ta’kidladi. «U sun’iy yo‘ldosh deb atalsa ham, uni ballistik raketa bilan uchirish BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarini buzish va odamlar xavfsizligiga tahdid soluvchi jiddiy muammo bo‘ladi», - dedi Kishida.
«Hukumatimiz mintaqada tinchlikka tahdid soluvchi provokatsiyalarni sodir etmaslik haqida qat’iy ogohlantiradi va noqonuniy uchirish rejasidan zudlik bilan voz kechishga chaqiradi», — deyiladi Janubiy Koreya TIV xabarida. Seul Qo‘shma Shtatlar va Yaponiya hamda xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro hamkorlik orqali «provokatsiyalarga qat’iy javob beradi», deya qo‘shimcha qildi idora.
Yaponiya qirg‘oqni qo‘riqlash xizmatining AFP’ga ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya hukumati ularga raketa 31 maydan 11 iyungacha uchirilishi va Sariq dengizga tushishi kutilayotgani haqida xabar bergan.
Mavzuga oid
11:20 / 19.09.2024
Shimoliy Koreya yana raketa sinovlarini o‘tkazdi
00:49 / 15.09.2024
Eron Chamran-1 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli chiqardi
09:48 / 12.09.2024
Shimoliy Koreya yana ballistik raketalar uchirdi
14:33 / 10.09.2024