O‘zbekiston | 11:40 / 30.05.2023
6046
1 daqiqa o‘qiladi

Madridda UNWTO va O‘zbekiston o‘rtasida Jahon sayyohlik tashkiloti sessiyasini Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risida bitim imzolandi

29 may kuni BMT Jahon sayyohlik tashkilotining (UNWTO) Madrid shahridagi shtab-kvartirasida joriy yil oktabr oyida Samarqand shahrida UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi BMT va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasidagi kelishuvni rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Kelishuvni rasmiy imzolash marosimi O‘zbekiston delegatsiyasining Ispaniyaga tashrifi doirasida tashkil etildi. UNWTO nomidan hujjatni tashkilot bosh kotibi Zurab Pololikashvili, O‘zbekiston tomonidan tabiiy resurslar vaziri Aziz Abduhakimov imzoladi.

Tadbir davomida «UNWTO bilan O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi o‘rtasida Samarqand shahrida UNWTO bilan hamkorlikda Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida o‘zaro Anglashuv memorandumi» ham imzolandi.

UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili nutqida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan global tadbir turizm olamida tarixiy voqea bo‘lishini ta’kidladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid