Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan patron va gilzalarni olib chiqib ketish taqiqlandi
Rossiya hukumati fuqarolik va xizmat o‘qotar qurollari uchun patronlarni, shuningdek, ma’lum kalibrli qurollar uchun gilzalarni mamlakatdan olib chiqishni vaqtinchalik taqiqladi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan imzolangan farmonda ta’kidlanishicha, bu «tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida maxsus iqtisodiy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi va «davlat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan» prezident farmonini amalga oshirish uchun qilingan.
Hujjatda boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Taqiq yil oxirigacha amal qiladi va «Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari, boshqa qo‘shinlari, harbiy tuzilmalari faoliyatini ta’minlash» uchun patronlar va gilzalarni olib chiqib ketish holatlarida qo‘llanilmaydi.
Shuningdek, ov qilish, sport tadbirlarida, ko‘rgazmalarda yoki tarixiy-madaniy tadbirlarda qatnashish uchun patronlar va gilzalarni olib chiqishga ruxsat etiladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025