Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina va Rossiya Zaporijjya AESni xavf ostiga qo‘ymaslikka va’da berishdi - AEXA
Shu bilan birga, yadroviy xavfsizlik va ZAES xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat «o‘ta zaif va xavfli» bo‘lib qolmoqda.
Ukraina va Rossiya Zaporijjya atom elektr stansiyasida yadroviy avariyaning oldini olish bo‘yicha Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) tomonidan taklif etilgan tamoyillarga «sodiq». Bu haqda tashkilot rahbari Rafael Grossi CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Grossi 30 may kuni BMT Xavfsizlik Kengashida so‘zlagan nutqida atom elektr stansiyalari xavfsizligi uchun rioya qilinishi kerak bo‘lgan beshta «o‘ziga xos tamoyil»ni sanadi. Bu tamoyillar «zavod hududidan yoki hududiga har qanday hujumni taqiqlash», shuningdek, atom elektr stansiyasidan og‘ir qurollar ombori sifatida foydalanmaslik majburiyatini o‘z ichiga oladi.
«Ular [Moskva va Kiyev] takliflarimga e’tiroz bildirishmadi va men vaziyatni kuzatyapman. Shuning uchun ular haqiqatan ham bunga sodiq, deb o‘ylayman», dedi Grossi.
Bir kun avval BMT Xavfsizlik Kengashi bir yildan ortiq vaqtdan beri Rossiya tomonidan egallab olingan Zaporijjya AES muammosiga bag‘ishlangan yig‘ilishni o‘tkazdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan AEXA rahbari yadroviy xavfsizlik va ZAES xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat «o‘ta zaif va xavfli» bo‘lib qolayotganini va «shunchaki omadimiz kelgani tufayli yadroviy avariya sodir bo‘lmagani»ni aytdi. Shuningdek, Grossi harbiy mojaro sharoitida atom elektr stansiyalarida xavfsizlikka rioya qilishning besh tamoyilini keltirgan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025