Kir yuvish mashinasidan foydalanish iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aytildi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari kir yuvish mashinalaridan foydalanish O‘zbekiston ayollarining iqtisodiy faolligiga ijobiy ta’sir qilishini aniqladi.
Kir yuvish mashinasidan foydalanish kirni qo‘lda yuvish bilan solishtirganda ayolning vaqtini sezilarli darajada tejaydi, deb ta’kidlamoqda MHTI loyiha rahbari Muhabbat Ahmedova.
Ayollar, ayniqsa qishloqlarda istiqomat qiluvchi ayollar orasida avtomat kir yuvish mashinalaridan kundalik hayotda foydalanish ularning bo‘sh vaqti ortishiga olib keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, avtomat kir yuvish mashinasidan foydalanish bir haftada o‘rtacha 4 soat vaqtni tejashda yordam beradi. Bu vaqtni ayollar farzandi bilan uy vazifalarini bajarishga sarflashi mumkin. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, onalarning farzandlariga ko‘proq vaqt ajratishi ularning matematika va ona tili fanlarini o‘zlashtirishiga ijobiy ta’sir qilgan.
Shu bilan birga, uy xo‘jaliklarining kir yuvish mashinalari bilan ta’minlanganlik darajasi 1 foizga oshishi iqtisodiy faol ayollar sonini 1,9 foizga yoki 122 ming nafarga oshirishi aniqlangan. Shuningdek, uy xo‘jaliklarining shaxsiy kompyuterlarga ega bo‘lishi ham ayollarning iqtisodiy faolligiga ijobiy ta’sir qiladi.
Bundan tashqari, kir yuvish mashinalaridan foydalanish suv va energiya sarfining kamayishiga ham olib keladi, deb hisoblamoqda tadqiqotchilar.
MHTI qishloq ayollarining kir yuvish mashinalari bilan ta’minlanishi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif etmoqda. Jumladan, kir yuvish mashinalarini xarid qilish istagida bo‘lgan ayollar uchun maxsus imtiyozli kreditlar tizimini joriy etish orqali.
Mavzuga oid
11:28 / 20.11.2024
Hukumat investitsiya kompleksi iqtisodiyot uchun muhim bo‘lgan 300 dan ziyod yirik loyihani ishga tushiradi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
19:18 / 05.11.2024