Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlarida korrupsiya holatlari borligi aytildi
Qirg‘iziston chegarachilari chegaradan o‘tish uchun 100, 200, 300 qirg‘iz so‘midan undirayotgani haqida xabar berildi.
Qirg‘iziston parlamenti yig‘ilishida deputat Irisbek Otajonov o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi korrupsiya holatlari haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegarachilar fuqarolarni o‘tkazish uchun pul undirmoqda.
«Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolaridan chegaradan o‘tish uchun 100, 200, 300 qirg‘iz so‘midan undirilayotgani haqida ma’lumotlar bor. Xodimlar bilan tushuntirish ishlarini olib boring. Pul undirib, davlatni sharmanda qilishmasin», dedi Irisbek Otajonov.
O‘zbek-qirg‘iz chegarasida chegarachilar tomonidan pul undirish holatlari haqida avval ham ma’lum bo‘lgan, jumladan, Qirg‘izistonning «Do‘stlik» postida chegaradan o‘tishga ruxsat berish 50 ming o‘zbek so‘mdan boshlanishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
20:42 / 20.05.2025