Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekiston prezidenti saylovi uchun 7 ta ovoz berish uchastkasi ochiladi
Markaziy saylov komissiyasi Rossiya hududida O‘zbekiston fuqarolari uchun muddatidan oldin prezidentlik saylovlarida ovoz berishlari mumkin bo‘lgan yettita saylov uchastkasi ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda payshanba kuni Rossiya MSK raisi Ella Pamfilova ma’lum qildi.
«Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Novosibirsk, Rostov-Don, Yekaterinburg va Vladivostokda yettita saylov uchastkasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 28 iyundan 5 iyulga qadar Rossiya Federatsiyasining 49 ta sub’yektidagi O‘zbekiston fuqarolari ko‘p bo‘ladigan joylarda ko‘chma uchastkalarni tashkil etish rejalashtirilgan», — dedi Pamfilova.
MSK raisining qo‘shimcha qilishicha, ovoz berishda xavfsizlikni ta’minlash uchun komissiya nomidan «FSB» va Ichki ishlar vazirligiga xat yuboriladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025