Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari Britaniyada qurilish va tibbiyot sohasida ish bilan ta’minlanadi
O‘zbekiston fuqarolarini Buyuk Britaniyada qurilish va tibbiyot sohalarida ham ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Buyuk Britaniyaning ekspluatatsiya va mehnat huquqlari buzilishiga qarshi kurashish xizmati vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Spot'ning yozishicha, uchrashuvda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari ham ishtirok etdi.
Buyuk Britaniyaning ekspluatatsiya va mehnat huquqlari buzilishiga qarshi kurashish xizmati rahbari Daril Diksonning qayd etishicha, Buyuk Britaniyada O‘zbekiston fuqarolari qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritmoqdalar.
“Biz migratsiyasi sohasidagi hamkorligimizni kengaytirish niyatidamiz. Tashkilotimiz rekruting agentliklariga litsenziya berish bilan shug‘ullanadi. Shu bois, bizning takliflarimiz geografiyasi juda keng. O‘ylaymanki, ushbu uchrashuvda hamkorligimizni yanada rivojlantirish borasida muhim kelishuvga erishamiz”, — dedi Daril Dikson.
Uchrashuvda hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash, xususan, O‘zbekiston fuqarolarini Buyuk Britaniyada nafaqat, qishloq xo‘jaligi, balki, qurilish va tibbiyot sohalarida ham ish bilan ta’minlashning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Yakunda agentlik va Britaniya xizmati o‘rtasida mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025