«PSJ» Messi jamoani tark etayotganini e’lon qildi. Klub va futbolchi o‘zaro minnatdorchilik bildirishdi
Fransiyaning «PSJ» klubi Lionel Messi jamoani tark etayotganini rasman e’lon qildi.

Foto: Getty images
«Lionel Messining «PSJ»dagi ikki yillik faoliyatidan keyin futbolchi 2022/23 yilgi mavsum yakunida klubni tark etishini ma’lum qilamiz.
Klub Leoga keyingi faoliyati davomida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qoladi. «Pari Sen-Jyermen» jamoa safida ikki marta Fransiya chempioni va kubogi sohibi bo‘lgan «Oltin to‘p»ning 7 karra sohibiga chin qalbdan minnatdorchilik bildiradi», - deyiladi klub xabarida.
O‘z o‘rnida 35 yoshli argentinalik futbolchi ham Parij klubini tark etayotgani haqida gapirib, «PSJ»ga minnatdorchilik bildirdi.
«Klubga, Parij va uning muxlislariga o‘tgan 2 yil uchun rahmat! Keyingi ishlaringizga omad tilab qolaman», - deydi Messi.
Messi faoliyatini qayerda davom ettirishi bo‘yicha masalani cho‘zmoqchi emas. U bugun «PSJ» tarkibidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi.
Avvalroq, «Al-Hilol» Messiga yillik 400 million yevro maosh taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Lionel joriy mavsum Fransiya chempionatidagi 31 o‘yinda 16ta gol va shuncha assistga mualliflik qildi.
Mavzuga oid

02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi

13:50 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?

10:25 / 30.04.2025
«PSJ» orzu tomon qadam tashladi. «Arsenal» Londonda mag‘lub etildi

16:20 / 29.04.2025