Samarqand va Andijonda 7,3 ming dollarni noqonuniy ayirboshlashga uringan shaxslar ushlandi
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida valuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.T. fuqaro B.B.ga jami 3,8 ming dollarni 43,7 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Andijon viloyati Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan J.J. va boshqalar fuqaro M.A.ga jami 3,5 ming dollarni 40,1 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:48 / 17.11.2024
Italiyalik tadbirkor o‘g‘irlab ketilishini uyushtirgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
09:18 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan qiz bilan uchrashdi
22:22 / 16.11.2024
Xitoyda imtihondan o‘ta olmagan talaba ommaviy qirg‘in uyushtirdi
17:25 / 11.11.2024