Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk lirasi yangi moliya vaziri tayinlanganidan keyin yana qadrsizlandi
Turk lirasi yangi moliya vaziri kelishiga qaramay, 1 foizga qadrsizlandi. Hafta oxirida Erdo‘g‘an bu lavozimga sobiq vazir Mehmet Shishmekni qaytargandi. Investorlar bu qaror Turkiya prezidentining noodatiy pul-kredit siyosatidan voz kechishga tayyorligidan dalolat berishi mumkinligiga umid qilmoqda.
Turk lirasining kursi 5 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:54 holatiga ko‘ra 1,15 foizga pasayib, bir dollar uchun 21,17 lirani tashkil qildi. Bu bir dollar uchun 21,8 liraga teng bo‘lgan o‘tgan haftadagi rekord darajaga yaqin, deb yozadi Reuters.
Lira yangi moliya vaziri tayinlanishiga qaramay, pasayishda davom etyapti. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 3 iyun kuni Mehmet Shimshekni G‘aznachilik va moliya vazirligiga rahbar etib tayinladi. Ilgari u Merrill Lynch kompaniyasining London bo‘limida, so‘ngra moliya vaziri, Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2018 yilda Erdo‘g‘an kuyovi Berat Albayrakni Moliya vazirligi rahbari etib tayinlaganidan so‘ng u hukumatni tark etgan edi.
Shimshekning tayinlanishi Erdo‘g‘an mamlakatning iqtisodiy siyosatini o‘zgartirishga tayyor ekanligini ko‘rsatishi mumkin. Yangi vazir an’anaviy pul-kredit siyosatiga qaytishni, jumladan, asosiy stavkani oshirishni yoqlaydi, deb yozadi Financial Times. Bloomberg manbalariga ko‘ra, Shimshek Erdo‘g‘an bilan qayta saylanganidan so‘ng o‘tkazgan uchrashuvda qaytishi sharti sifatida mustaqil pul-kredit siyosati olib borish imkoniyatini ilgari surgan.
Shishmekning o‘zi 4 iyun kuni Turkiya iqtisodiyoti «oqilona asosga qaytishdan boshqa chorasi yo‘qligini» aytdi. «Oshkoralik, izchillik, taxmin qila olish va xalqaro me’yorlarga rioya qilish bizning asosiy tamoyillarimiz bo‘ladi», deb va’da berdi u.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025