Ukrainlar texnikalarini chegaraga olib kelmoqda, Belgorodda ko‘ngillilar tayyorlanmoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 466-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Rus ko‘ngillilari korpusi» (RKK) Belgorod oblasti hududida asir olingan ikki rossiyalik harbiyni namoyish etib, ularni qo‘yib yuborish evaziga oblast gubernatori Vyacheslav Gladkovni uchrashuvga chaqirdi. Mulozim uchrashuv o‘tkazishga rozi bo‘ldi, ammo muzokara uchun boshqa joyni tayinladi, ko‘p o‘tmay RF mudofaa vazirligi «ukrain diversantlari»ning Belgorod oblastiga hujumi qaytarilganini ma’lum qildi, RKK va legion vakillari esa Gladkov uchrashuvga kelmaganini ma’lum qilib, yanada ko‘proq asirlarni namoyish etdi.
- Belgiya hukumati o‘zi yetkazib bergan miltiqlar RKK a’zolari tomonidan Rossiyaga bosqin vaqtida qo‘llangani borasida Kiyevdan izoh so‘ramoqda.
- Rossiya mudofaa vazirligi ukrainlarning qarshi hujumi boshlangani to‘g‘risida xabar qildi. Vazirlik ukrain harbiylarining Janubiy Donetsk yo‘nalishida hujum qilishga urinishi bartaraf etilganini bildirgan. Ukraina qurolli kuchlari esa Rossiya tomoni xabarlarini «axboriy-psixologik operatsiya» deb atadi. Harbiy harakatlar faollashganini tasdiqlovchi boshqa dalillar keltirilmagan.
- ISW Ukraina qurolli kuchlari Donetsk va Zaporijjya oblastlarida ilgarilayotganini ma’lum qildi. 4 iyun kuni tarqalgan kadrlarda ukrainlarning mexanizatsiyalashgan kuchlari Rivnepildan shimoli-sharqqa tomon harakatlanayotganini ko‘rish mumkin.
- RF mudofaa vazirligi e’lon qilgan normativ akt loyihasiga ko‘ra, rossiyaliklar harbiy komissariat binosiga kelmagan taqdirda ham ularni harbiy hisobga qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Rossiya bilan chegaradagi ukrain harbiylari
1 iyun tongida, RF mudofaa vazirligi iddao qilishicha, rossiyalik harbiylar Belgorod oblasti Shebekino shahrida «Kiyev rejimining terrorchilik akti sodir etishga navbatdagi urinishining oldini oldi». Vazirlikka ko‘ra o‘sha kuni tongda, chegara hududida jami 50 nafardan ortiq «ukrain terrorchilari» yo‘q qilingan.
4 iyun kuni Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastining Ukraina-Rossiya chegarasidan besh kilometr masofadagi (Shebekinogacha 20 kilometr) Volchansk shahriga hujum qildi. Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovga ko‘ra, ma’muriy bino shikastlangan, ikki uy va xo‘jalik qurilmasi qisman vayron bo‘lgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Quyida Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya bilan chegara atrofidagi pozitsiyalari aks etgan suratlar.
Belgorod oblastida tayyorlanayotgan ko‘ngillilar
May oyi oxirida, Rossiyaning chegaradosh hududlariga hujumlar ko‘payganida, Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov regionda qariyb uch ming kishidan iborat yettita hududiy mudofaa batalonlari tashkil etilganini xabar qildi.
Gladkov qonunchilikka ko‘ra otryadlar qurol ko‘tarib yurishi mumkin emasligiga e’tibor qaratgan va bu masalani «huquqiy maydon»da hal qilishga harakat qilishini aytgandi. Ayni vaqtga kelib batalonlarni qurollantirish masalasi qanday ketayotgani ma’lum emas. Ammo otryadlar ishtirokchilari faol mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
Horlivka o‘qqa tutilishi oqibatlari
Horlivka — anneksiya qilingan Donetskdan taxminan 50 kilometr shimoli-sharqda joylashgan, 2014 yil bahoridan buyon «DXR» nazoratida qolayotgan shahar.
4 iyun kuni shaharning Moskva tomonidan tayinlangan meri Ivan Prixodko Ukraina qurolli kuchlari tomonidan zarba berilganini xabar qilib, hujum vaqtida Horlivkadagi ibodatxonalarda Troitsa bayrami munosabati bilan ibodat o‘tkazilayotgan bo‘lganini qayd etgan. Bir necha xususiy uylar shikastlangan, elektr uzatish liniyalari uzilgan; tinch aholi vakillaridan bir kishi yaralangan.
Ukrainaning turli hududlaridan suratlar
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024