Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini YeI davlatlariga olib kirishga cheklovni uzaytiradi - OAV
Yevrokomissiya Ukrainadan Yevropa Ittifoqiga bug‘doy, makkajo‘xori va kungaboqar importiga qo‘yilgan taqiqni sentabr oyining o‘rtalarigacha uzaytiradi, deb yozadi Polshaning Wiadomości nashri o‘z manbasiga tayanib.
Taqiq 2 may kuni Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini Bolgariya, Polsha, Slovakiya va Vengriya tomonidan olib kirishga bir tomonlama cheklovlar joriy etilishi bilan kuchga kirdi. Yevrokomissiya tomonidan e’lon qilingan maxsus himoya choralari qo‘llanadigan davlatlar ro‘yxatiga Ruminiya ham kiradi.
Nashr Polsha qishloq xo‘jaligi vaziri Robert Telusning 3 may kuni aytgan so‘zlarini keltirgan:
«Umid qilamanki, YeI, Yevropa komissiyasi bu mas’uliyat va hamjihatlik sinovidan o‘tadi. Ammo agar hamma narsa boshqacha bo‘lganida edi, unda Polsha hukumati polshalik dehqonlar tomonida qolgan bo‘lardi. Biz Polsha bozori va dehqonlarimiz, shu tariqa, Polsha manfaatlarini himoya qiladigan qarorlar qabul qilamiz».
Avvalroq, Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini YeIga olib kirishdagi cheklov 5 iyungacha amalda bo‘lishi taxmin qilingan edi. Shu bilan birga, uni yuqorida sanab o‘tilgan beshta davlat hududi orqali tranzit holda olib o‘tish mumkin.
Bolgariya, Polsha, Slovakiya va Vengriya tomonidan bir tomonlama taqiqlarning kiritilishiga Ukrainadan oziq-ovqat eksporti mahalliy bozordagi narxlarni sezilarli darajada cheklaganligi sabab bo‘ldi. Bu mahalliy ishlab chiqaruvchilarning biznesiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, shuning uchun ular noroziliklar bildirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025