Jahon | 10:18 / 06.06.2023
5303
2 daqiqa o‘qiladi

Peskov Putinning safarbarlik haqidagi “bayonoti”ni feyk deb atadi

Putin matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Rossiya prezidentining bir qator hududlarda umumiy safarbarlik va harbiy holat to‘g‘risidagi “murojaati” radiostansiyalarga hakerlik hujumi natijasida efirga uzatilgan.

Foto: kremlin.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov 5 iyun, dushanba kuni Rossiya Federatsiyasining bir qator mintaqalaridagi radiostansiyalar efirida paydo bo‘lgan Putinning “favqulodda murojaati”ni, go‘yoki Bryansk, Kursk va Belgorod viloyatlarida harbiy holat, shuningdek, umumiy safarbarlik joriy etish rejalari e’lon qilinganini feyk deb atadi. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, hodisaga “radiostansiyalarni buzish” sabab bo‘lgan. "Ha, bu haqiqatan ham buzg‘unchilik bo‘lgan. Biz bu haqda bilamiz. Hozirda radiokompaniyalar bu haqda tegishli bo‘limlar tomonidan zudlik bilan xabardor qilinmoqda, biroq nazorat allaqachon tiklangan", - deya Peskov so‘zlarini keltiradi RIA "Novosti".

Rossiyaning bir qancha Telegram-kanallarida e’lon qilingan “Putinning murojaati” videosi go‘yoki Rostov, Voronej va Belgorod viloyatlari radiosi orqali efirga uzatilgan. Ushbu "murojaat"da "NATO bloki tomonidan tish-tirnog‘igacha qurollangan Ukraina qo‘shinlari Vashingtonning roziligi va ko‘magi bilan" Rossiya chegaradosh viloyatlari hududiga bostirib kirgani, shu munosabat bilan ularda harbiy holat joriy etilgani aytilgan hamda aholini evakuatsiya qilish taklif qilingan. “Bugun men umumiy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni ham imzolayman”, - deya Vladimir Putinning ovozi radioda yangragan.

Rostov radiostansiyasi "Ataman FM" bosh muharriri uning efirida “Putin murojaati” berilgani haqidagi ma’lumotni rad etib, radiostansiyasini buzishning imkoni yo‘qligini aytdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid